Главная » 2016 » Июнь » 6 » Peru prezidentlik saylovlarining ikkinchi turida Fuximorining qizi Kuchinskidan ortda qoldi
15:11
Peru prezidentlik saylovlarining ikkinchi turida Fuximorining qizi Kuchinskidan ortda qoldi
Peruda 5-iyun, yakshanba kuni bo‘lib o‘tgan
prezidentlik saylovlarining ikkinchi turida
mamlakatning sobiq bosh vaziri Pedro Kuchinski
yetakchilik qilmoqda. Bu haqda “RBK” xabar
bermoqda .

Saylovchilar ovozlarining 52 foizi hisob-kitobiga
ko‘ra, Kuchinski uchun ularning 50,59 foizi ovoz
bergan. Uning raqibi, hozirda qamoqda bo‘lgan
Peruning sobiq prezidenti Alberto Fuximorining
qizi, Keyko Fuximori esa 49,41 foiz ovoz
to‘pladi.
77 yoshli Kuchinski iqtisodiy dasturni ilgari
surmoqda. Saylovoldi kampaniyasida u moliyaviy
sohadagi xalqaro tajribasini iqtisodiy o‘sishga
ko‘mak berish uchun qo‘llashini ma’lum qilgan
edi.
Keyko Fuximori aprel oyida bo‘lib o‘tgan
saylovlarning birinchi turida g‘olib bo‘lgan edi.
U o‘zining asosiy yo‘nalishi sifatida
jinoyatchilikka qarshi kurashni tanlagan. Uning
otasi Alberto Fuximori insoniyatga qarshi
jinoyatlari uchun 2009-yilda 25 yilga qamoq
jazosiga hukm qilingan.
Категория: Dunyo yangiliklari | Просмотров: 664 | Добавил: versign_uz | Теги: Keiko | Рейтинг: 5.0/5
Всего комментариев: 0
avatar