17:03 Pol Bregg — 85 yoshli navqiron yigitdan 5 qimmatli maslahat | |
![]() Amerikalik taniqli sog‘lom turmush tarzi targ‘ibotchisi Pol Breggning hayot yo‘li o‘zi tuzgan va bizga tavsiya etayotgan yashash usuli to‘g‘ri ekanini isbotlaydi. Bu inson 85 yoshida alpinizm, suzish bilan muntazam shug‘ullangan. Yayov yurish va yugurishda ko‘plab yoshlarni ortda qoldirgan. Quyida uning maslahatlaridan 5 tasini e’tiboringizga havola qilamiz. 1. Ochlik (parhez) mo‘’jizasiga amal qiling Me’yorida och qolish qoidalarini to‘la o‘rganib, muddatidan oldin qarishning oldini olishingiz mumkin. Haftasiga 24 soat to‘la och qolasiz, bu yiliga 52 kun tanangiz tozalanadi, demakdir va, nihoyat, yiliga uch marta 7-10 kundan och qolib, tana va mushaklaringiz hamda butun organizmdan kerakmas qoldiqlar, shlaklarni butunlay chiqarib tashlash imkoniga ega bo‘lasiz. Sizga ko‘plab azob keltiruvchi, erta qarituvchi narsa-metabolizm chiqindilari (qabul qilingan ozuqani hayotiy moddalarga, uni energiyaga aylantirish biologik jarayonida hosil bo‘ladigan chiqindilar). Agar siz tanangiz kuchini me’yoridan ko‘p sarflab, normadan pasaytirib yuborsangiz, oldingizda jismoniy muammolar ko‘ndalang bo‘ladi, xuddi aqliy muammolarga o‘xshab. Biz zaharlangan dunyoda yashayapmiz. Hayotiy kuch vazifasi inson organizmidan zaharli moddalarni chiqarib tashlash uchun ichki a’zolarni energiya bilan ta’minlashdan iborat. Esingizda bo‘lsin, barcha noorganik moddalar organizmdan chiqarib tashlanishi zarur. Aks holda, u sizga zarar keltiradi. Agar organizmga kirib kelgan noorganik moddalarni chiqarib tashlash uchun hayotiy kuch yetishmasa va u organizmda qolsa, insonga katta zarar yetishi muqarrar. Biz bu zaharlarni organizmdan chiqarib tashlashni istasak, ochlik bilan bunga erishishimiz mumkin. 2. Kundalik salbiy odatlardan voz keching Inson ongli ravishda ovqatlanadi, chanqog‘ini bosadi, lekin bila turib o‘zini tuta olmagani sababli yashashi mumkin bo‘lgan muddatning yarmisiga yetmasdan vafot etadi. Yovvoyi hayvonlar ularni tashqaridan yo‘q qilishmasa, o‘zlariga ajratilgan muddatni to‘la yashab, so‘ngra o‘ladilar. Faqat inson bundan mustasno. Inson zotigina o‘ziga belgilangan hayot muddatini to‘la yashamasdan dunyodan o‘tib ketadi. Yovvoyi hayvonlar o‘z instinktlariga suyanib, qanday yashash, nima yeyish va nima ichishni sezadilar. Ular betobliklarida parhez qilib, ovqatlanmaydilar. Davolovchi o‘simlik va boshqa vositalarni qidirib topadilar. Inson esa barcha narsani iste’mol qiladi, hatto hazm bo‘lishi qiyin bo‘lgan narsalarni ham, buning ustiga zaharli ichimliklar ichadi, keyin esa nima uchun yuz yoshgacha yashamaganiga ajablanadi. Aslida barchamiz uzoq umr ko‘rishni istaymiz. 3. Kasal bo‘lmaslik uchun jismoniy harakat qiling Asr bo‘sag‘asida men jismoniy tarbiyani rivojlantirish harakatining asoschisi va otasi bo‘lmish Bernar Makfalden bilan ko‘p muloqotda bo‘ldim. «Jismoniy tarbiya» jurnali noshiri bilan ham to‘g‘ridan-to‘g‘ri uchrashardim. Jurnal muqovasiga har doim qo‘yidagi so‘zlar yozilgan bo‘ladi: «Kasal bo‘lish — jinoyat! Jinoyatchi bo‘lmang!» Jismoniy kuchsizlik, holsizlanish, kasallikni jinoyat deb bilaman, shunday chiroyli va mukammal yaratilgan inson tanasiga nisbatan haqorat deb tushunaman. Agar siz organizmingizni muntazam ochlik va tabiiy ozuqa bilan tozalab borsangiz, kundalik mashqlardi bajarishga ishtiyoqingiz ortib boradi. Mashqlar bilan esa siz o‘z tanangizni barpo qilasiz, tanangiz ko‘nglingizdagidek holga keladi. Bir daqiqa o‘ylab ko‘ring-a, siz tanangizni jismoniy mukammal holga keltirmoqdasiz. Bu kitobdan olgan bilimlaringiz bilan qanday yashash zarurligini tushunib yetasiz. 4. Tushlikda kam ovqatlan, kechki ovqatni yanada kamaytir, iloji bo‘lsa, undan voz kech Och yurganingizda hayotiy Kuchingiz organizmni tozalashga yordam beradi. Organizmda mo‘’jizalar sodir bo‘ladi, u o‘zini-o‘zi tozalaydi, davolaydi, faqat ochlikka sabr qilsangiz, bas. Agar siz organizmingizni toza saqlamoqchi bo‘lsangiz, parhez qiling. Birinchi marta och yurib, parhez qilib ko‘ring, siz o‘zingizni shunday yaxshi sezasizki, avvallari bunday his qilmagansiz. Ichingizning tozalanishi sizni salomatlik sari boshlaydi. 5. Kamroq tuz iste’mol qiling Sababi:
Tuz buyraklar uchun qanchalik xavfli bo‘lsa, yurak uchun ham shunchalik xavfli. Hatto biroz ortiqcha tuz ham yurakka yomon ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Yurak mushaklarining ishi qonda natriy va kaliy organik tabiiy tuzlar miqdorining muvozanatiga bogliq bo‘lib, natriy tuzi ko‘payishi yurak urish ritmi va qon bosimiga ta’sir ko‘rsatadi. Tibbiy statistikadan ma’lumki, eng yuqori qon bosimi bilan yaponlar azob chekadilar. Chunki ular dunyoda eng ko‘p tuz iste’mol qiluvchilar sifatida ma’lum va mashhurlar. Doimo sog‘-salomat bo‘ling! | |
|
Всего комментариев: 0 | |