Главная » 2016 » Июль » 30 » Quritilgan xurmo foydalimi yoki zararli?
12:20
Quritilgan xurmo foydalimi yoki zararli?

Quritilgan xurmo mevasi barchamizga tanish va bolalikdan sevib iste’mol qiladigan mevamizdir. Xurmo daraxtining mevasi qadimdan lazzatli meva hisoblanib kelgan. Issiq o‘lkalarda ko‘plab yetishtirilib, butun dunyo bo‘yicha sotiladi. Ushbu mevaning qanday foydali xususiyatlarga ega ekanligi, uning taomnomadagi o‘rni va kimlarga uni iste’mol qilish mumkin emasligini quyida ko‘rib chiqamiz.

Quritilgan xurmo mevasining foydali xususiyatlari:

1.     Birinchi navbatda, mazkur meva katta miqdordagi ozuqaviy tolalarga ega (100 gramm mahsulotda 6,7 gramm). Ular esa oshqozon-ichak trakti faoliyatini normallashtirib, ich kelishini tartibga soladi.

2.     Quritilgan xurmo mevasida pantoten kislotasining mavjudligi u organizmda moddalar almashinuvini yaxshilashi va o‘tkir respirator xastaliklarga qarshi immunitet qarshiligini oshirishidan dalolat beradi. Asab tizimi va buyrak usti bezlari faoliyatini nazorat qiladi.

3.     Uning tarkibidagi retinol, boshqacha aytganda, A vitamini sochlarning sog‘lomligini saqlashga, tirnoqlarning chiroyli va mustahkam bo‘lishiga yordam beradi.

4.     Quritilgan xurmo tarkibida organizm uchun eng muhim elementlardan biri — kaliy mavjud. U yurak mushaklarini normada saqlab turadi.

5.     Tarkibidagi kaltsiy (100 gramm mahsulotda 64 mg) suyaklar, skelet va tishlar mustahkamligi uchun muhim bo‘lgan makroelement hisoblanadi. Shu munosabat bilan u homilador va emizikli ayollarga tavsiya etiladi.

Quritilgan xurmoni tanovvul qilish kimlarga tavsiya etilmaydi?

Ba’zi kishilarga ushbu mevani iste’mol qilish uchun cheklov mavjud. Jumladan, uni qandli diabetga chalingan kishilarga iste’mol qilish tavsiya etilmaydi. Chunki u qondagi shakar miqdorini juda tez oshiradi. Qolaversa, u yuqori kaloriyaga ega bo‘lganligi uchun semirish va ortiqcha vazndan aziyat chekuvchi kishilarga ham tavsiya etilmaydi. Shuningdek, tishlarda kariesning rivojlanishi yuqori bo‘lganlar ham uni ehtiyotkorlik bilan iste’mol qilishi zarur.

Kunlik iste’mol qilish me’yori

Quritilgan xurmo mevasining foyda va zararlarini hisobga olgan holda uni sutka davomida 3—5 dona iste’mol qilish mumkin. Bolalarga esa 1—2 dona yirik mevasi yetarli hisoblanadi. Bu mineral moddalar va vitaminlar o‘rnini to‘ldirish uchun optimal miqdor sanaladi. Agar uni ko‘proq tanovvul qilishni istasangiz kuniga 300 grammdan oshirmaslikni tavsiya etamiz.

Quritilgan xurmoni butunligicha yeyish eng yaxshi yo‘ldir. Biroq uning po‘stlog‘ini zinhor archimang, u juda ko‘p qimmatli moddalarga ega. Shuningdek, uni turli pishiriqlarga qo‘shish mumkin.

Manba:ayol.uz

Категория: Qiziqarli malumotlar va faktlar | Просмотров: 843 | Добавил: vodiysoz | Теги: foydali, xurmoni zararlari, mevalar haqida malumotlar, rozadan yeyiladigan hurmo, xurmoning foydasi, xurmo haqida faktlar, quritilgan xurmo haqida | Рейтинг: 5.0/5
Всего комментариев: 0
avatar