Главная » 2016 » Май » 17 » Sedana va uning foydalari xususiyatlari
17:47
Sedana va uning foydalari xususiyatlari

Foydalari:

Mikrob, virus va turli zamburug‘li (gribkovыe) viruslarga qarshi nobud qiluvchi ta’sirga ega.
Qondagi shakar miqdorini tushuradi.
Tomir kasalliklarini to‘sqinlik qiladi.
Hazmni qo‘laylashtiradi.
Vujudni zaharlardan tozalaydi.
Yaralarni tuzalishiga va ho‘jayralarni yangilanishiga yordam beradi.
Allergik kasalliklarga foydali.
Immunitet tizimini kuchaytiradi.
Gormonal tizim va ruh holini sog‘lomlashtiradi.
Bolalarda asab va teri kasalliklari, astma va allergiyada tavsiya etiladi.

Qo‘llash uslublari:

Kasalliklarni oldini olish maqsadida ertalat va kechqurun och qoringa ovqat yeyishdan 15-20 daqiqa oldin 1 choy qoshig‘i yangi yanchilgan sedana yeyish kerak. 6 oy mobaynida iste’mol qilish kerak.
Qon bosimi balandligi uchun: Nahorda va kechqurun och qoringa ovqatdan 15-20 daqiqa avval 1 choy qoshig‘i sedana va qovrilmagan kunjut bilan birgalikda yanchilib yeyiladi. Muolaja 6 oy davom etishi kerak.
Sedana choyi: Doim ichib yurilishi kerak bo‘lgan choy. Bir stakan qaynoq suvga 1 choy qoshig‘i yangi yanchilgan sedana solinadi, so‘ngra usti yopilib 10 daqiqa tindiriladi. So‘ngra suzib olinib ichiladi. Bir kunda 2-3 stakan ichish mumkin.
Astma va yo‘talda:

Ko‘krak qafasi sedana yog‘i bilan zaytun yog‘i aralashmasi bilan uqalanadi. ¼ miqdorini til ostida ushlanadi.
Ich ketishi:

1 choy qoshiq sedana yog‘ini bir piyola qatiq bilan aralashtiriladi. Bu aralashmani 3 kun mobaynida kuniga 2 marta iste’mol qilanadi.
Bosh og‘rig‘i:

1 osh qoshiq yanchilgan qora sedana,
1 osh qoshiq yanchilgan anis,
1 osh qoshiq yanchilgan qalampirmunchoq (gvozdika)
Ovqatdan avval 1 choy qoshiqdan iste’mol qilinadi. Qorishmani yutish uchun yengil bo‘lgunga qadar og‘izda ushlanadi. Suv bilan iste’mol qilmang!
Revmatizm:

Biroz miqdorda zaytun bilan aralashtirilgan sedana yog‘i qizdiriladi, va og‘riq bor joy bu aralashma bilan uqalanadi. Shuningdek uyquga yotishdan avval asal qo‘shilgan sedanali choy ichiladi.
Teri kasalliklarida:

1.5 choy qoshiq sedana yog‘i 1 osh qoshiq zaytun yog‘i bilan aralashtiriladi. Hosil bo‘lgan aralashmani yuzga surib 1 soat terida qoldiriladi. So‘ngra sovun bilan yuvib tashlanadi.
Bosh aylanishi:

Sedanali choy ichish tavsiya etiladi. Shuningdek yuz tagi va bo‘yin orqasiga suriladi.
Quloq og‘riganda:

Quloq og‘riqlarida va infeksion kasalliklarda qora sedana yog‘i quloqqa tomiziladi.
To‘lg‘oq tutganda:

To‘lg‘oq og‘riqlarini yengillatish uchun sedanani qizidirib, so‘ngra asal solib ichish tavsiya etiladi.
Rak kasalliklarida:

Sedana yog‘ini shikast yetgan joyga suriladi. Kuniga 3 marta 1 choy qoshiq sedana yog‘i va 1 stakan yangi chiqarilgan sabzi suvi (ichishdan avval chayqating) ichish kerak. Bu ichimlik 3 oy davomida ichiladi.
Xotirani yaxshilash uchun:

Yalpizni qaynatib olib va so‘ngra uni asal va 7 tomchi sedana yog‘i bilan aralashtiriladi. Issiq holatda xohlagan paytingiz ichasiz. Shuningdek choy va kofe ichishni kamaytiring.
Dangasalikka qarshi:

10 tomchi sedana yog‘ini bir stakan apelsin soki bilan birgalikda iste’mol qiling. Diqqat: Ertalabki namozdan so‘ng uxlamang!
Sedananing yanchilgan va asal bilan aralashtirilgan aralashmasi buyrak va o‘t pufagidagi toshlarni eritishda yordam beradi

Категория: Salomatlik sirlari - Tibbiyot yangiliklari | Просмотров: 1349 | Добавил: vodiysoz | Теги: sedananing zararlari, qiziqarli malumot, sedananing foydalari, sedana, salomatlik sirlari, sedana vitaminlari, sedana qayerga foyda, shifobaxsh sedana | Рейтинг: 5.0/10
Всего комментариев: 0
avatar