12:28 Semirib ketyapman nima uchun? | |
![]() Qomatidan noliydigan ayrim xotin-qizlar tarozidagi ortiqcha vaznni ko‘rgan zahoti, sababini anglamay, turli parhezlarni qo‘llashga kirishadi. Ammo bu har doim ham kutilgan natijalarni bermaydi. Ayrim hollarda hatto bunday parhezlarning organizm uchun salbiy ta’siri ham kuzatiladi. Ozish uchun kerakli parhezni tanlash, albatta, muhim. Lekin buning uchun eng avvalo organizmdagi moddalar almashinuvi jarayoni qanday kechayotganini aniqlab olish va shifokor bilan maslahatlashish lozim bo‘ladi. E’tiboringizga havola etilayotgan kichik test aynan shu holatni aniqlashda sizga asqotadi, degan umiddamiz. 1. Apelsin sharbati qabul qilganingizdan so‘ng organizmingizda qanday o‘zgarishlarni his etasiz? A) U menga kuch-quvvat bag‘ishlaydi. 2. Ishtahangizni qanday baholaysiz? A) Ko‘p ham, kam ham yemayman. 3. Uyqudan oldin ovqatlanish sizga qanday ta’sir ko‘rsatadi? A) Ovqatdan keyin yomon uxlayman. 4. Ovqatga bo‘lgan munosabatingiz? A) Yeyish kerak bo‘lgani uchungina ovqatlanaman. 5. Deylik, tushlikdan voz kechishingizga to‘g‘ri kelib qoldi? A) Muammosiz. 6. Qanday ovqatlanishni xush ko‘rasiz? A) Tez-tez, ammo oz-ozdan ovqatlanish ma’qul. 7. Yog‘li taomlarga munosabatingiz? A) Bunday taomlardan so‘ng uyqusirab, o‘zimni lohas sezaman. 8. Go‘sht va pishloqqa xushingiz qalay? A) Tez hazm bo‘lmasligi sababli, oshqozonimda og‘irlik hissini sezaman. 9. Siz shirinliklarni yoqtirasizmi? A) Albatta! Ularsiz yashay olmayman. 10. Qahvaga munosabatingiz A) Qahva ichsam, kamroq ovqatlanaman. 11. Tez vazn orttirishga moyilmisiz? A) Ko‘p ovqatlansam ham, ortiqcha vazn deyarli qo‘shilmaydi. 12. Qomatingiz qaysi tipga tegishli? A) Bo‘ksa qismi yelkaga nisbatan keng. A javobi (uglevodli parhez) Maslahat. Sizdagi modda almashinuvi jarayonidan kelib chiqib, ortiqcha vazndan xalos bo‘lish uchun uglevodli parhezga rioya qilishingizni maslahat beramiz. Ratsioningizni 60% ini uglevodlar (meva-sabzavotlar, boshoqli va dukkakli mahsulotlar) va 40% ini oqsil moddalar (baliq, go‘sht, yog‘sizlantirilgan sut mahsulotlari) tashkil etishiga e’tibor bering. Taomni iloji bo‘lsa, zaytun va kungaboqar yog‘ida pishirsangiz, maqsadga muvofiq bo‘ladi. Ochlik xurujiga aslo yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi, shuning uchun muntazam ovqatlanish tartibiga qat’iyan rioya qiling. Tavsiya etilmaydi: yog‘li taomlar. Haftasiga bir marotaba yog‘siz baliq yeyish tavsiya etiladi. B javobi (oqsilli parhez) Maslahat. Sizga uglevodlar miqdori kam bo‘lgan, oqsilga boy taomlar tavsiya etiladi. Ovqatlanish paytida taomingiz tarkibini 60-70% oqsil va 30-40 % uglevodlar tashkil etishiga e’tibor bering. Tavsiya etilmaydi: makaron mahsulotlari, kartoshka va oq non. C javobi (aralash parhez) Maslahat. Oqsil va uglevodlar o‘rtasidagi balansni ushlab turing. Siz uchun taomlar tarkibida oqsil va uglevodlar 50X50 bo‘lishiga e’tibor bering. Tavsiya etilmaydi: xamirli ovqat va pishiriqlar, gazlangan yaxna ichimliklar va shakar choy. Manba: Beka.Uz | |
|
Всего комментариев: 0 | |