Главная » 2016 » Июль » 9 » Sovutkich muzxonasidan zudlik bilan chiqarish tavsiya etiladigan 11 ta mahsulot
09:47
Sovutkich muzxonasidan zudlik bilan chiqarish tavsiya etiladigan 11 ta mahsulot

Sovutkichning muzxonasi eng foydali jihozlardan biri hisoblanadi. Uning yordamida ba’zi mahsulotlarni bir necha oylab saqlash mumkin. Biroq ba’zilar muzxonaga zinhor solish mumkin bo‘lmagan mahsulotlarni u yerga joylab xatoga yo‘l qo‘yadi. Sog‘liq uchun xavf tug‘diruvchi bunday xatolarning oldini olish uchun “101 sovet” sayti ana shunday mahsulotlarning ro‘yxatini taqdim etdi.

1. Tarkibida suv ko‘p bo‘lgan meva va sabzavotlar

 

Tarvuz, olma, kartoshka, bodring va boshqa shu kabi meva-sabzavotlar erigandan so‘ng o‘z shaklini yo‘qotadi. Shuning uchun ularni muzlatmasdan iste’mol qilish yoki saqlashning boshqa usulini topish tavsiya etiladi.

2. Muzdan eritilgan go‘sht

 

Muzlatilgan go‘shtda bakteriyalar ko‘paya boshlaydi. Ularni issiqlik bilan ishlov berish orqali yo‘q qilish zarur. Agar bunday go‘sht yana muzxonaga joylashtirilsa, unda mikroorganizmlar ko‘payishda davom etishi mumkin.

3. Qaynatilgan makaron

 

Agar siz makaronlarni muzxonaga joylasangiz, bu mahsulot eriganidan so‘ng nam tortib qoladi. Agar makaronni muzxonaga qo‘ymoqchi bo‘lsangiz, oxirigacha qaynatilmagan mahsulot bo‘lishi lozim.

4. Qahva donalari

 

Sovuq harorat ularni quritib yuborishi mumkin, oqibatda ular o‘z xususiyatini yo‘qotadi. Qahva donalarini germetik konteynerda qorong‘u joyda saqlash mumkin.

5. Konservalar

 

Konservalar muzxonada saqlashga mo‘ljallanmagan. Ularni kichik omborxonada saqlash lozim. Agar konserva bankasidagi mahsulotni muzlatishingiz kerak bo‘lsa, avval uni germetik konteynerga bo‘shating.

6. Tuxum

 

Muzxonada tuxumning po‘chog‘i darz ketib, uning ichiga bakteriyalar tushishi mumkin.

7. Kremsifat mahsulotlar

 

Smetana, yogurt, qaynatilgan krem kabi mahsulotlarni muzxonada emas, sovutkichning o‘zida saqlash kerak.

8. Yumshoq pishloq

 

Qattiq pishloqni muzlatish mumkin, yumshog‘ini esa sovutkichda saqlagan ma’qul.

9. Un yoki kraxmal bilan quyultirilgan souslar

 

Ular muzxonaga qo‘yilsa, tarkibi o‘zgarib, iste’mol uchun yaroqsiz bo‘lib qoladi.

10. Eritilgan muzqaymoq

 

Eritilgan muzqaymoq muzlatilsa, yopishqoq bo‘lib qoladi.

11. Isitilgan taom

 

Tayyor tushliklarni birinchi marta isitgandan keyin yana muzxonaga qo‘yish tavsiya etilmaydi, bu ularda bakteriyalarning ko‘payishiga olib keladi.

Manba: Daryo.uz

Категория: Foydali maslahatlar/Kerakli maslahatlar | Просмотров: 823 | Добавил: vodiysoz | Теги: maktublar, SUPER, holodelnik, turfa olam, o'yinlar olami, qiziqarli olam, lezginkalar, qiziq uz klip, foyda, Foydali maslahatlar | Рейтинг: 5.0/8
Всего комментариев: 0
avatar