 Bir fermer menga shu usulni o‘rgatgan edi!
Tarvuz-yozning uzoq kutilgan va barcha sevib iste’mol qiladigan yoz ne’mati. Pishgan va shirin tarvuzni tanlash oson ish emas. Savdoda shunday behisob tarvuzlar bo‘ladiki, ko‘zlaring qaysi birini olishni bilmay shoshib qoladi.
Bugun Sizlarga eng pishgan va shirin tarvuzni qanday tanlash haqidagi sirni o‘rgatamiz! Shundan so‘ng tarvuz tanlashda hecham adashmaysiz.
Tarvuzni qanday tanlash kerak
1. Hajmiga qarab
Bahaybat tarvuzlarni imkon qadar tanlamaslik kerak. Chunki bizning iqlim bunday yirik tarvuzlarni yetishtirishga moslashmagan. Shu boisdan bunday bahaybat tarvuzlar sun’iy o‘g‘itlar bilan oziqlantirilgan shubha yuzaga keladi.
2. Sariq dog‘ga qarab
Bunday belgi pishgan tarvuzlarda uchraydi. Sariq dog‘i bo‘lsa, o‘sha tarvuz shirin va pishgan hisoblanadi.
3. Jinsiy belgisiga qarab
Tarvuzlarning ham jinsi bo‘lishini har kim ham bilavermasa kerak. «O’g‘il bolalar» — yirikroq va cho‘zilgan, «qizlar» -ozroq va yapaloqroq bo‘ladi. «Qizlar» — shirinroq hisoblanadi.
4. Taqillashiga qarab
Yetilgan hosildan taqillatganda qattiq ovoz chiqadi. Pishganligini bilish uchun tarvuzni ikki tomondan qattiq siqish kerak. Yengil tirsillash eshitilsa, u pishgan va iste’molga yaroqli bo‘ladi.
5. Dumiga qarab
Sariq quruq dumcha hosilning pishganidan yaqqol darak beradi. Yashilrog‘i, esa aksincha bo‘lib, tarvuzning hali xomligini, uzishga ertaligini bildiradi.
6. Hidiga qarab
Tarvuzning po‘chog‘idan hid kelib turadi. Agar tarvuzdan xid kelmasa, bunday tarvuz tabiiy yo‘l bilan yetishtirlmaganinin bildiradi.
Bu foydali maslahatni do‘stlaringiz bilan baham ko‘rishni unutmang.
Maslahatim.uz
|