 Yoz kelishi bilan dasturxonimiz turli noz-ne’matlar bilan to‘ladi. Ularning orasida tarvuzni jaziramada muzdakkina tanovvul qilishni sevamiz. Biroq ko‘pchiligimiz uning buyraklar salomatligiga ta’siri va qon bosimini tushirish kabi xususiyatlaridan bexabarmiz.
1. Teri salomatligini yaxshilaydi.
Teringiz sog‘lom va go‘zal bo‘lishini istasangiz kundalik taomnomangizga albatta tarvuzni kiriting. Tadqiqotlarga ko‘ra tarvuzdagi vitamin A teri hujayralarining yangilanishida ishtirok etadi va teriga yorqin jilo beradi.
2. Yurakni davolaydi.
Yurak xastaliklari bilan og‘riydigan bemorlar shifokorga murojaat qilishlari zarur. Shu bilan birga mutaxassislarning ta’kidlashicha, tarvuzdagi likopin moddasi yurak muskullarini mustahkamlar ekan. Bundan tashqari vitamin S, karotinoidlar va kaliy qondagi xolesterin miqdorini pasaytirib, yurakni himoyalaydi.
3. Buyraklar salomatligini yaxshilaydi.
Buyrakdagi toshlar juda qattiq og‘riqlarga sabab bo‘lishi mumkin. Olimlarning izlanishlariga qaraganda tarvuz tanavvul qilish buyraklarga og‘irlik qilmay, aksincha ular faoliyatini yaxshilarkan.
4. Ko‘z nurini oshiradi.
Tarvuzni ko‘proq iste’mol qilish ko‘zlaringizga ham foyda. Undagi vitamin A ko‘z muskullarini yosh o‘tishi bilan yuzaga keluvchi o‘zgarishlardan hamda «tungi ko‘rlik» alomatidan himoyalaydi.
5. Suyaklarga ta’siri.
Ayniqsa katta yoshdagilar uchun suyaklar sog‘ligi juda muhim. Tarvuzdagi likopin va kaltsiy suyaklar baquvvatliligini ta’minlaydi.
6. Qon bosimini tushiradi.
Kishilar qon bosimini jismoniy harakat va parhezlar yordamida tushirishga urinadilar. Tarvuz esa bu yo‘lda eng mazali davo. Undagi magniy va kaliy qon bosimini tushiradi.
7. Nafas siqishda ham kor qiladi.
Ekspertlarning fikricha tarvuz tarkibidagi yuqori miqdordagi C vitamini ziqnafas kasalligiga qarshi ajoyib profilaktika vazifasini o‘taydi. Bu dard bilan og‘ruvchi bemorlarda esa o‘pkaning umumiy holatini yaxshilaydi.
Yaqinlaringiz salomatligiga befarq bo‘lmasangiz, tarvuzning ushbu xususiyatlari haqida ijtimoiy tarmoqlar orqali ular bilan o‘rtoqlashing!
Manba:maslahatim.uz
|