Главная » 2016 » Май » 31 » Telegram O‘zbekistondagi eng ommabop messenjer bo‘lib chiqdi
09:56
Telegram O‘zbekistondagi eng ommabop messenjer bo‘lib chiqdi
WhatsApp va Facebook messenjerlari dunyoning 109
mamlakatida Android bazasidagi eng ommabop mobil
dasturlarga aylandi, deb yozadi “Mobinfo.uz”. Undan keyingi
o‘rinni Telegram egalladi. Bunday ma’lumotlar dunyoning 187
mamlakatini qamrab olgan Similarweb tahlil kompaniyasi
hisobotida keltiriladi.

Unga ko‘ra, WhatsApp 109 ta davlatda, jumladan, Braziliya,
Meksika, Hindiston, Rossiya hamda Shimoliy Amerika, Yevropa,
Osiyo va Okeaniyaning ko‘plab mamlakatlarida yetakchilik
qilmoqda.
O‘z navbatida, Facebook Messenger 49 ta mamlakatda
yetakchilik qildi. Ular orasida Avstraliya, Kanada va AQSh bor.
Bepul Viber messenjeri Belarus, Moldova, Ukraina, Iroq, Liviya,
Shri-Lanka kabi o‘nta mamlakatda eng ommabop bo‘lib chiqdi.
Line, WeChat va Telegram messenjerlar tegishli ravishda
Yaponiya, Xitoy va Eronda eng ommabop hisoblanadi. Janubiy
Koreyada KakaoTalk messenjeri, Kubada Imo, Vyetnamda Zalo,
Indoneziyada BBM messenjerlari yetakchilik qildi.
Hisobotga ko‘ra, Telegram dasturi O‘zbekistonda eng ommabop
mobil messenjer hisoblanadi. Dastur yana 14 ta mamlakatda
ham yetakchidir.
Категория: Dunyo yangiliklari | Просмотров: 707 | Добавил: versign_uz | Теги: telegram | Рейтинг: 5.0/7
Всего комментариев: 0
avatar