16:06 Toshkentda 25-iyul kuni havo harorati +41 darajagacha ko‘tarilishi mumkin | |
![]() O‘zbekistonning ayrim hududlarida 25-iyul, dushanba kuniga o‘tar kechasi va 25-iyul kuni kunduzi yog‘ingarchilik kuzatilishi mumkin. Bu haqda “O‘zgidromet” markazi xabar bermoqda. Xabar berishlaricha, dushanbaga o‘tar kechasi O‘zbekistonning tog‘li hududlarida havo harorati +15…+20 daraja, Toshkent shahrida +22…+24 daraja, mamlakatning qolgan hududlarida esa +20…+27 darajagacha iliq bo‘ladi. 25-iyul kuni kunduzi O‘zbekistonning tog‘li hududlarida havo harorati +27…+32 darajagacha, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida esa +33…+38 darajagacha ko‘tarilishi kutilmoqda. Shu kuni Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlari va Toshkent shahrida havo harorati +41 darajagacha, Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarining ayrim hududlarida esa +44 darajagacha ko‘tariladi. “O‘zgidromet” markazidan ma’lum qilishlaricha, 25-iyulga o‘tar kechasi va 25-iyul kuni kunduzi Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatining ayrim hududlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. | |
|
Всего комментариев: 0 | |