Главная » 2016 » Май » 31 » Toshkentda quvvatlantirish qurilmalari bilan jihozlangan yangi bekatlar paydo bo‘ladi
18:34
Toshkentda quvvatlantirish qurilmalari bilan jihozlangan yangi bekatlar paydo bo‘ladi
Toshkentda mobil telefonlarini quvvatlantirish qurilmalari bilan
jihozlangan yangi avtobus bekatlari qurilishi rejalashtirilmoqda.
Bu haqda “Gazeta.uz” xabar bermoqda .

Poytaxtdagi birinchi shunday bekat aprel oyida “Oybek” metro
bekati yaqinida o‘rnatilgandi.
Tashqi reklama bozorida dunyodagi yetakchi kompaniyalardan
birining filiali bo‘lgan JCDecaux UZ iyun oyida Oloy bozori
hududida to‘rtta shunday bekatni o‘rnatish niyatida. Ular nafaqat
quvvatlantiruvchi qurilma, balki USB-port bilan ham jihozlanishi
ko‘zda tutilgan. Hozirda JCDecaux UZ shahar hokimligi bilan
shartnomaga asosan poytaxtda 193 bekat o‘rnatgan (ular jami
200 ta bo‘ladi) bo‘lib, ular uchun jihozlar Fransiyada ishlab
chiqariladi, bekatlar faqat joyida yig‘iladi, xolos.
Ma’lumot uchun, poytaxtdagi jamoat transporti bekatlari soni
1250 dan oshadi.
Категория: Dunyo yangiliklari | Просмотров: 856 | Добавил: versign_uz | Теги: Toahkent | Рейтинг: 5.0/13
Всего комментариев: 0
avatar