Главная » 2016 » Май » 29 » Twitter foydalanuvchilari eng chiroyli mahbus qizni aniqladi
11:39
Twitter foydalanuvchilari eng chiroyli mahbus qizni aniqladi
Ijtimoiy tarmoqlarda mahbus Sara Siraytning magshoti — hibs
chog‘ida politsiya idorasida olingan portreti ommalashib ketdi,
deb xabar beradi Meduza.

Twitter foydalanuvchilari uni “qamoqxona go‘zali” deb atay
boshladi.
24 yoshli Sirayt Arkanzasda istiqomat qiladi. 2012-yilda u
talonchilikda ishtirok etdi: u tanishini mashinasiga taklif qildi,
lekin mashina ichida ularni Saraning sherigi kutardi: jinoyatchi
erkakka to‘pponcha o‘qtalib, yonidagi puli va qimmatliklarini olib
qo‘ydi. Siraytga talonchilik, inson o‘g‘irlash, zo‘ravonlik,
guvohliklarni soxtalashtirish va politsiyaga qarshilik ko‘rsatish
ayblovlari qo‘yildi.
Ammo qiz faqat politsiyaga qarshilik ko‘rsatish bilan bog‘liq
aybini tan oldi va unga nisbatan besh yillik sinov muddati
belgilandi. Uning sherigi 10 yilga qamaldi.
Bu voqealar 2014-yilda bo‘lib o‘tgan edi. Ijtimoiy tarmoqlarda
tarqalib ketgan magshot esa yaqinda, boshqa sabab bilan —
Sirayt mashinani xavfli haydash ishi bo‘yicha sudga kelmagani
uchun olingan edi. Bu ish bo‘yicha u 365 dollar jarimaga tortildi.
Internet foydalanuvchilaridan biri amerikacha futbol o‘yinchisi
Chad Jonsondan qiz uchun garov pulini to‘lashni so‘radi, ammo
sportchi bundan bosh tortdi. Lekin Sirayt allaqachon ozodlikka
chiqib bo‘ldi.
Bir necha oy muqaddam erkak mahbuslar orasida “eng
kelishgan jinoyatchi” Jeremi Miks ozodlikka chiqqani xabar
qilingan edi .
Категория: Dunyo yangiliklari | Просмотров: 659 | Добавил: versign_uz | Теги: twitter | Рейтинг: 5.0/10
Всего комментариев: 0
avatar