Главная » 2016 » Июнь » 2 » Ulg‘aygan Garri Potter haqidagi spektakldan olingan ilk fotolar e’lon qilindi
10:29
Ulg‘aygan Garri Potter haqidagi spektakldan olingan ilk fotolar e’lon qilindi
Garri Potter haqidagi asarlar turkumi muallifi, britaniyalik
yozuvchi Joan Rouling ijodining millionlab muxlislari qahramon
ulg‘aygandan so‘ng qanday qiyofaga kirgani haqidagi savolga
javob oldi. Internetda Londondagi “Palas” teatrida 7-iyun kuni
dastlabki ko‘rigi o‘tkazilishi mo‘ljallangan “Garri Potter va
la’natlangan bola” nomli spektakl qahramonlari fotolari paydo
bo‘ldi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda

30-iyulda premyerasi bo‘lib o‘tadigan spektakl Rouling,
yozuvchi Jek Torn va sahnalashtiruvchi rejissor Jon Tiffani
tomonidan yaratilgan bo‘lib, unda “Garri Potter va o‘lim
hadyalari” nomli oxirgi kitobda yoritilganidan 19 yil o‘tib yuz
bergan hodisalar haqida hikoya qilinadi. Bosh qahramon
mazkur yillar davomida uch farzandning otasiga aylanadi va
afsungarlik vazirligida mehnat qiladi.
Spektakl saytida joylashtirilgan fotoda aktyor Jeymi Parker
ijrosidagi Garri Potter xotini Jinni (aktrisa Poppi Miller) va kichik
o‘g‘li Albus Severus (Sem Klemmett) qurshovida namoyon
bo‘ladi.
“Endi u Garri. Unga boqib yengil tin olish mumkin, u barchasini
biz istagandek bajaryapti”, — deya izoh berdi Rouling 36 yoshli
Jeymi Parker ijrosidagi afsungarga. Spektakl Garri Potter
haqidagi turkumning
Категория: Dunyo yangiliklari | Просмотров: 707 | Добавил: versign_uz | Теги: garri | Рейтинг: 5.0/6
Всего комментариев: 0
avatar