Главная » 2016 » Август » 21 » Xonanda Ruhshona o‘g‘il farzandli bo‘ldi
19:53
Xonanda Ruhshona o‘g‘il farzandli bo‘ldi

2014 yilda klipmeyker Sanjar Matkarimov bilan turmush qurgan xonanda 2015 yilda qiz farzandli bo‘lgan edi.

Avvalroq, xonandalar Nigora Ismoilova (Oybek va Nigora) hamda Ruhshonaning farzand kutayotganlari haqida xabar bergan edik. Bugun, 20 avgust kuni xonanda Ruhshona o‘g‘il farzandli bo‘ldi. Bu haqda "Qalampir.uz"ga Ruhshonaning ashaddiy muxlislaridan biri xabar qildi. 

Ma’lumotlarga qaraganda, xonanda Toshkent shahridagi 7-sonli tug‘ruqxonada farzandli bo‘lgan. Anchadan buyon ijod olamida ko‘rinish bermay qo‘ygan xonanda 2015 yilda ilk farzandi - qizchasini dunyoga keltirgan edi. Ayni damda o‘zbek shou-biznesining taniqli yulduzlari ijtimoiy tarmoqlardagi shaxsiy sahifalari orqali xonanda Ruhshona va uning turmush o‘rtog‘i, klipmeyker Sanjar Matkarimovni ikkinchi bor farzandli bo‘lganlari bilan qutlashmoqda. 

Ma’lumot o‘rnida, Ruhshona ijodiy faoliyatini 2009 yilda Akfa media kompaniyasida boshlagan edi. 2013 yilda kompaniya bilan shartnomani to‘xtatgan xonanda 2014 yilda klipmeyker Sanjar Matkarimov bilan turmush qurdi.

Fursatdan foydalanib, tahririyatimiz nomidan Sanjar va Ruhshonani muborakbod etib, chaqaloqqa uzoq umr tilaymiz!

 
Категория: Shou biznes yangiliklari / Sanatkorlar haqida | Просмотров: 774 | Добавил: vodiysoz | Теги: xonanda ruxshona, shou biznes yangiliklari, qiziq, yulduzlar oilasi, malumotlar, super malumotlar, sanatkorlar haqida, ruxshonaning o'g'li | Рейтинг: 5.0/5
Всего комментариев: 0
avatar