Главная » Hikoyalar / Hayotiy, tasirli, real voqealar
Otasining o‘limidan bir fursat o‘tib, ish bilan band
o‘g‘il kasalmand keksa onani qariyalar uyiga
topshirishga qaror qilishdi. O‘g‘il ora-chora
volidasining holidan xabar olib turdi. Kunlar o‘tdi.
Bir kuni qariyalar uyidan qo‘ng‘iroq qilishdi:
vaziyat jiddiy – ona og‘ir ahvolda yotibdi, o‘g‘liga
aytadigan so‘ngi so‘zi bor ekan. O‘g‘il zudlik bilan
uning yoniga shoshdi. Ajal bilan
kurashayotganona temir karavotda holsiz
to‘lg‘anar, o‘g‘il so‘ngi so‘zni eshitmoq uchun
uning lablariga quloq tutdi. “O‘g‘lim, sendan
so‘nggi iltimosim – qariyalar uyi xonalariga
konditsionerlar o‘rnattirib bersang. Qarilik bois
sovuq va issiq kunlarda juda qiynaldim. Keyin, bu
yerga muzlatgich ham olib kelib qo‘y – ba’zida
tunlar uyqim qochganidaaynimagan biror nima topa
olmay, och yotib, qiynaldim.” Onaning o‘tinchidan
hayratda qolgan o‘g‘il unga tikilib qoldi. Shuncha
vaqtdan buyon bu qiyinchiliklarga chidab kelib,
og‘iz ochmasdan, nega umr adog‘ida bu
qulayliklarni ado etishini yolvorayotganini so‘radi.
“Men-ku, bularga chidadim, bolam! Lekin sendan
xavotirdaman. Kun kelib sening bolalaring seni bu
yerga tashlab ketishsa, sening holing nima
kechadi, bolajonim?!” javob qaytardi onaizor.
Muallif: Noma’lumBATAFSIL...
Категория: Hikoyalar / Hayotiy, tasirli, real voqealar | Просмотров: 1479 | Добавил: versign_uz | Дата: 06.06.2016 | Комментарии (0)

Bir eru-xotin bo‘lib tez-tez janjallashib qolishar ekan.

Er: -«Bir gapdan qolsang o‘lasanmi? Er o‘rnida ko‘rib bosh egmaysane.» debdi.
Xotin esa: -«Xo nega endi? Kuni bilan bir og‘iz shirin so‘zingizni, e’tiboringizni mandan qizgonasiz» debdi.
... Читать дальше » BATAFSIL...

Категория: Hikoyalar / Hayotiy, tasirli, real voqealar | Просмотров: 1446 | Добавил: vodiysoz | Дата: 17.05.2016 | Комментарии (0)

Suv, Shamol, Olov va Nomus do‘st tutingan edi. Ular hamisha birga yurardi. Lekin ajraladigan, hamma o‘z ishi bilan shug‘ullanadigan vaqt keldi. Ketish oldidan keyinchalik bir-birlarini qanday topa olishlari haqida fikrlashishdi.

– Biror o‘simlik ko‘kargan joyda men albatta bo‘laman, – dedi Suv.

– Yaproqlar shivirini eshitsangiz, bilingki, men o‘sha yerdaman, – dedi Shamol.
... Читать дальше » BATAFSIL...

Категория: Hikoyalar / Hayotiy, tasirli, real voqealar | Просмотров: 1495 | Добавил: vodiysoz | Дата: 13.05.2016 | Комментарии (0)

Rivoyat qilishlaricha, bir yurtning podshohi o‘limi oldidan o‘z taxtiga voris etib farzandlaridan birini emas, balki kenja xotinini qoldirgan ekan. Sababi kenja xotin nafaqat husnda, balki aqlu zakovatda ham tengi yo‘q ekan. Alqissa, o‘sha ayol kuni bilan yurt so‘rarkanu, kechalari esa yolg‘iz o‘g‘liga o‘z qo‘li bilan non yopib berarkan. Chunki baribir ona ekan-da. Darhaqiqat, dunyoda farzand uchun onadek aziz zot, ona mehri kabi ezgu va laziz tuyg‘u yo‘q.

* * *

... Читать дальше » BATAFSIL...

Категория: Hikoyalar / Hayotiy, tasirli, real voqealar | Просмотров: 1215 | Добавил: vodiysoz | Дата: 12.05.2016 | Комментарии (0)

Nimjongina Abror yoshligidanoq futbol shaydosi edi. Har kuni maktabdan qaytgach, mahalla bolalariga qo‘shilib to‘p tepish ilinjida maydonchaga yo‘l olardi. Ammo bolalar uni hech o‘z saflariga olishni istashmas edi. Ko‘ngli cho‘kkan bola bir kuni yurak yutib jamoa murabbiyiga dedi:

— Men ham hech bo‘lmasa bir marotaba o‘ynay?

Murabbiy unga bir muddat bepisandlik bilan qarab turib:
... Читать дальше » BATAFSIL...

Категория: Hikoyalar / Hayotiy, tasirli, real voqealar | Просмотров: 1341 | Добавил: vodiysoz | Дата: 12.05.2016 | Комментарии (0)

Atoqli shifokor-kardiolog, akademik Vladimir Andreevich Almazovning xonasida shisha idish ichida spirtlangan yurak bor edi. Har bir talaba bu yurak tarixi haqida bilar edi.

Almazov o’tgan asrning 50-yillarida, Birinchi tibbiyot oliygohining 4-bosqich talabasi bo’lgan chog’ida institut shifoxonasiga o’tkir septik endokarditga chilingan qiz tashrif buyuradi. Bu juda ham qo’rqinchli kasallik turi bo’lib, u hozirda ham ko’plab o’limlarga sabab bo’lmoqda.

Qizning yashab ketishiga ishonch qolmagan edi, uning harorati 40 darajada bo’lib, yurak urishdan to’xtash arafasida edi. Qizni alohida natijalarsiz yetakchi professorlar va malaka o’tayotgan talabalar tekshirib ko’rishadi. Amaliyotchilar orasida Vladimir Almazovning kursdoshi bo’lgan mahoratli va e’tiborli talaba ham bor edi.

... Читать дальше » BATAFSIL...

Категория: Hikoyalar / Hayotiy, tasirli, real voqealar | Просмотров: 917 | Добавил: vodiysoz | Дата: 01.05.2016 | Комментарии (0)

Qiz: Salom dadajon 

 

 

Dada: Salom. Ona qizim senga nima bo'ldi nega ranging oqarib ketdi? Yaxshimisan? 

 

 

 

 

Qiz: Bilmadim o'qishda azgina toliqdim shekilli....

 

 

 

 

... Читать дальше » BATAFSIL...

Категория: Hikoyalar / Hayotiy, tasirli, real voqealar | Просмотров: 1214 | Добавил: vodiysoz | Дата: 26.04.2016 | Комментарии (0)

Bir zargar ayoli bilan kichik hovlida yashar edi. Ularni torgina tomorqasi bo’lib, eri zargarlik do’koniga ketganida, ayoli shu tomorqadagi gullarni sug’orardi, ularni parvarish qilardi. Har kuni uning uyiga suvchi 2 mesh suv olib kelardi.
Kunlarning birida, zargar har doimgidek erta tongdan ishga otlandi va zargarlik do’koniga yo’l oldi. O’sha kuni tush vaqtida uning huzuriga qomati kelishgan, o’ziga qaragan bir ayol keldi va barmog’iga mos uzuk olmoqchiligini bildirdi. Zargar uni barmog’iga uzuk tanlash vaqtida uning oppoq bilagiga ko’ngli sust ketib, bilagidan mahkam ushlab oldi. Ammo "Nima qiganim bu?”, deya qo’lini bo’shatdi.
O’sha kuni kechqurun zargar uyga kelganida, ovqat mahali ayoli sekin gap boshladi:
-Begim, sizga bir gapni aytmasam, vijdon azobi meni tinch qo’ymaydi
- TInchlikmi nima bo’ldi?
- Bugun tush vaqtida suvchi kelgandi, to’sattan mening bilagimdan mahkam ushlab oldi, so’ngra uzr so’rab chiqib ketdi.
... Читать дальше » BATAFSIL...

Категория: Hikoyalar / Hayotiy, tasirli, real voqealar | Просмотров: 1544 | Добавил: vodiysoz | Дата: 26.04.2016 | Комментарии (0)

O’n yoshli bolakay bir kafega kirib stolga joylashdi. Ofitsiant ayol uning oldiga bordi.
— Yong’oq qo’shilgan shokoladli muzqaymoq necha pul turadi? – bolakay so’radi.
— Ellik sent, — ayol javob berdi.
Bolakay cho’ntagidan tangalarini olib sanadi.
— Hech narsa qo’shilmagan oddiy muzqaymoq necha pul turadi? – bolakay so’radi.
Ba’zi bir mehmonlar boshqa stollarda kutib qolishdi, ofitsiant ayolga norozilik bildirshni boshlashdi.
— Yigirma besh sent, — qisqa qilib aytdi.
Bolakay yana tangalarini sanadi.
— Men oddiy muzqaymoqni xohlayman, — u qaror qabul qildi.
Ofitsiant ayol muzqaymoqni olib kelib stolga qo’ydi va ketdi. Bolakay muzqaymoqni tugatib, kassaga pul to’lab ketdi. Ofitsiant ayol yeg’ishtirib olish uchun stolga kelganda tiqilib qolay dedi. U yerda 25 sent turar edi – uning choy-chaqasi.

... Читать дальше » BATAFSIL...

Категория: Hikoyalar / Hayotiy, tasirli, real voqealar | Просмотров: 1686 | Добавил: vodiysoz | Дата: 20.04.2016 | Комментарии (0)

Qalbimga beso‘roq kirgan sevgim tufayli boshimga har xil savdolar tushdi. Yoshim 16 da, shu yil maktabni bitirdim.
8-sinfda o‘qiyotganimda, o‘zimdan bir sinf yuqorida o‘qiydigan Javohirni sevib qoldim. Ammo unga sevgi izhor qilolmasdim. U bo‘lsa, dugonam Surayyoga sevgi izhor qildi. Bundan battar azobda qoldim.
Baribir, har kuni tongda maktabga oshiqardim. Uni ko‘rib, shukr qilardim. Menga qaraganida, yuragim gursillab urib ketardi. Sevgi tufayli hardamxayol bo‘lib qoldim. O‘qituvchim buni payqab, bir necha marta tanbeh berdi. Netayki, Javohirdan boshqani o‘ylolmasdim. Sinfdosh dugonalarimning har xil gaplari ham meni bu yo‘ldan qaytara olmadi. Qanday bo‘lsa ham, u men uchun yagona edi.
Javohir maktabni bitirdi. Men uning bizdan bir sinf quyida o‘qiydigan singlisi bilan do‘stlashib oldim. U akasini sevishimni eshitib, xursand bo‘ldi. Bu haqda hatto onasiga aytibdi. Onasiga ham ma’qul keldim. Ammo Javohirning o‘zi mening tuyg‘ularimdan bexabar edi.
Bir kuni Javohir singlisidan mening telefon raqamimni olib, o‘rtoqlariga qo‘ng ... Читать дальше » BATAFSIL...

Категория: Hikoyalar / Hayotiy, tasirli, real voqealar | Просмотров: 1382 | Добавил: vodiysoz | Дата: 20.04.2016 | Комментарии (0)

« 1 2